Tavsiya etamiz


Saodat asri qissalari

Kitob to‘la holida Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalomning tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini qamrab oladi. Huddi shu mavzuga bag‘ishlangan boshqa asarlardan farqi — muallif aniq tarixiy voqea-hodisalarni o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirganidir. Natijada u g‘oyat o‘qishli chiqqan. Bu kitoblarning mashhur bo‘lib ketganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, asar to‘rt marta nashr qilingandir. Inshaalloh, sizlarga ham yoqadi, degan umiddamiz.

Ikki eshik orasi

O‘tkir Hoshimovning qissa, hikoya, romanlarini, jumladan, “Ikki eshik orasi” romani badiiyatini, undagi kompozitsiya masalasini o‘rganish orqali yozuvchi poetik uslubi, adabiyot mahoratiga baho berish, asarlari jozibasini ko‘rsatishdan iborat. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq maqkuraviy tazyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi avloddan -avlodga o'tib kelmoqda...

Telba

“Telba” romanida jamiyat qahramonning ustidan hukm chiqarmaydi, balkim qahramon jamiyat ustidan hukm chiqaradi. Romanning markazida qahramonning ishi emas, qahramonni ham oʻz domiga tortayotgan hayot va uning ikir-chikirlaridir. Qahramon hech qachon oʻzini yuqori olishga harakat qilmaydi, lekin u atrofidagilardan oʻzining bilimi, ichki dunyosi va shuningdek oqilligi bilan yuqori turadi. Asarda oldinda aniqlab qoʻyilgan voqealarning oxiri yoʻq.

Baxtiyor oila

Ushbu kitob Islom dinining oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va batafsil sharhi boʼlib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim boʼlgan barcha masalalarni oʼz ichiga oladi. Kitobda insonga ikki dunyo saodati yoʼlini koʼrsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, aqiyqa, farzand tarbiyasi haqida...

Jinoyat va jazo

Asar 1866 yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan. Kitob o‘zbek tilida bundan avval 1977 yilda chop etilgan. Qariyb 40 yildan keyin asarni qayta nashr etishdan maqsadimiz, bugungi kitobxonlarimizni o‘z davrida shuhrat qozongan asar – talaba hayotidan ayanchli drama bilan tanishtirish.

Sohilsiz dengiz

Ushbu tarixiy asar ulugʼ vatandoshimiz Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Ismoil ‎Buxoriyning hayot yoʼllari, hasbi hollari, ilmiy faoliyatlari haqida hikoya qiladi. Muhaddislar ‎sultoni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarining «tabibi», nabaviy hadislarning ‎sahihlarini ajratib, ulardan Qurʼoni karimdan keyingi ikkinchi ishonchli manba darajasidagi ‎‎«Sahihi Buxoriy» hadislar toʼplamini tuzgan.

Ufq

Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi nafaqat yozuvchi ijodida, balki o‘zbek adabiyotida yangi janr hisoblanadi. Ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi.

O'tgan kunlar

Sevgi kimlarni yig‘latib, kimlarni kuydirmagan, deysiz. Sharq adabiyoti durdonalaridan hisoblanmish mazkur asarda muhabbat o‘zgacha badiiy talqin qilinadi. Shuningdek, vatanparvarlik, olijanoblik, vafo va xiyonat, havas va hasad, zamon taloto‘plari tilga olinadi. Abdulla Qodiriyning «o‘zbek romanchiligi asoschisi» sifatida tan olinishiga sabab bo‘lgan ushbu asar voqealari tariximizning bir ko‘rinishi, muallif ta’kidlaganidek, o‘zbeklar turmushidan tarixiy romandir.